15:53 / 10.07.2017
5185

Qirg‘iziston davlat chegara xizmatiga yangi rais tayinlandi

Ularbek Sharsheyev Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegara xizmati raisi etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti devonining axborot siyosati bo‘limi xabar bergan.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev tegishli farmonni imzoladi.

Davlat xizmatiga rahbarlik qilgan Mirbek Qosimqulov mart oyida mudofaa ishlari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi.

Ularbek Sharsheyev avval Bosh shtab boshlig‘i, Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegara xizmati raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid
Top