12:10 / 10.07.2017
6578

Qirg‘iziston prezidentligi uchun nomzodlar soni 18 nafarga yetdi

Qirg‘iziston prezidentligi uchun Markaziy Saylov komissiyasiga ariza topshirgan nomzodlar soni 18 nafaargi yetdi. Bu haqda TASS agentligi xabar qilmoqda. 

"Navbatdagi ariza "Adam ukugu" siyosiy partiyasidan olindi. Partiya s'yezd vaqtida Tursunbek Akun nomzodini ilgari surishga qaror qildi", - deyiladi MSK xabarida.  Unga ko‘ra, respublikaning inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili bo‘lgan Akun va uning partiyadoshlari Komissiyaga barcha kerakli hujjatlarni topshirgan. 

Umumiy hisobda, MSKning ma'lum qilishicha, 15 kishi mustaqil nomzodlar bo‘lib, qolgan 3 kishi partiyalar qurultoylarida ilgari surilgan. 

Shunga qaramay, Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiyasi o‘z nomzodini aniqlab olganicha yo‘q. Bu masala partiyaning 15 iyulda bo‘lib o‘tajak s'yezdida hal etiladi. Avvalroq, partiya siyosiy kengashi amaldagi hukumat rahbari Sooronboy Jeenbekov nomzodini ilgari surish taklifini bildirgan edi. 

Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish avgust oyida boshlanadi. Da'vogarlar bungacha 30 ming saylovchining imzosini to‘plashi talab etiladi. Bundan tashqari, qirg‘iz tilini bilishi bo‘yicha imtihon topshiradi hamda 1 mln som (15 ming AQSh dollariga yaqin) miqdorida garov puli kiritadi. Mamlakatning hozirgi prezidenti Almazbek Atamboyev ikkinchi muddatga saylana olmaydi. Chunki, saylov qonunchiligiga muvofiq, fuqaro bir marta 6 yillik prezidentlikdan so‘ng, ikkinchi muddatga saylana olmaydi. 

Top