10:44 / 10.07.2017
5564

NATO bosh kotibi Kiyevga keldi

Foto: RIA "Novosti"

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg va Shimoliy Atlantika alyansi kengashi a'zolari Ukraina poytaxti Kiyev shahriga kelishdi, deb xabar bermoqda "Ukrinform".

Stoltenberg “Ukraina-NATO. Xavfsizlik formulasi” ko‘rgazmasining ochilishida qatnashadi. Keyinchalik bosh kotibi mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko, bosh vazir Vladimir Groysman, Oliy rada spikeri Andrey Parubiy bilan uchrashadi hamda ukrainalik deputatlar oldida chiqish qiladi.

Avvalroq Rossiya NATOdagi doimiy vakilini chaqirib olishga tayyor turgani haqida xabar berildi.

Mavzuga oid
Top