23:51 / 10.07.2017
8840

Parkentda o‘g‘irlik sodir etgan yoshlar ushlandi

Xalqimizda azaldan halollik e'zozlanib kelingan. Ammo egri yo‘ldan yurib, belni og‘ritmasdan jonini kuydirmasdan oson pul topishni izlayotganlar ham uchrab turibdi. Achinarlisi, ular orasida yoshlar ham bor.

Toshkent viloyati IIBning xabar berishicha, Parkent tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan Muhsin Salimov (ismlari o‘zgartirilgan) va 1999 yilda tug‘ilgan Shoyunus Hayitovlar shu tumanda yashovchi, tadbirkor, 1993 yilda tug‘ilgan Nozim Latipovga tegishli internet kafega hech kim yo‘qligidan foydalanib, erkin yo‘l bilan kirib narxi 1.500.000 so‘m bo‘lgan «MOTIV» rusumli kompyuter jamlanmasi, 2 ta umumiy narxi 1.300.000 so‘m bo‘lgan «Pleysteyshn» jamlanmasi va 2 ta umumiy narxi 200.000 so‘m bo‘lgan ovoz kuchaytirgichlarni o‘g‘irlab ketishadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining olib borgan tezkor chora-tadbirlari natijasida Muhsin Salimov va Shoyunus Hayitovlar ushlandi. Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top