11:16 / 10.07.2017
6224

Peruda sayyohlik avtobusi ishtirokida jiddiy YTH, qurbonlar ko‘p

Foto: Reuters

Peru poytaxti Lima shahrida sayyohlik avtobusi ishtirokidagi YTH natijasida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana 25 nafar inson jarohatlandi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Peru sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishicha, avtobus prezidentlik saroyidan ikki kilometr narida to‘ntarilib ketgan. U sayyohlarni San-Kristobal tog‘iga olib ketayotgan bo‘lgan.

Taxminlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi avtobus haydovchisi tezlikni oshirgani tufayli yuz bergan.

Top