15:09 / 10.07.2017
6023

Seul KXDRga gumanitar yordamlarni tiklashi mumkin

Janubiy Koreya hukumati KXDRga insonparvarlik yordamlarini qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Yonhap agentligi xabar qilmoqda

Ma'lumotlarga ko‘ra, gap BMT va boshqa xalqaro kanallar orqali KXDRga yordam yetkazish haqida bormoqda. 

Janubiy Koreya qo‘shni davlatga har qanday turdagi yordamlarni yetkazishni 2016 yilda, Pxenyanning raketa va yadro qurollari sinovidan keyin to‘xtatgan edi. 

Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Mun Chje In ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning asta-sekinlik bilan yaxshilanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Seul va Pxenyan o‘rtasidagi aloqalar iliqlashuvi uning saylovoldi kampaniyasidagi bosh va'dalaridan biridir. 

Mavzuga oid
Top