15:12 / 10.07.2017
36762

Toshkentda 4 ming so‘mlik fohishaxona aniqlandi

2017 yilning 7 iyul kuni taxminan soat 19:30 larda o‘tkazilgan “Kompleks” tezkor tadbiri davomida, muqaddam sudlangan Aleksandr Ruban Sergeli tumani, Sputnik 9-dahasi, 28-uy, 7-xonadonda fohishaxona saqlab, 4.000 so‘m pul evaziga fuqaro «B» va «Ye» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top