19:00 / 10.07.2017
6552

Yunusobodda telefon o‘g‘risi ushlandi

2017 yilning 7 iyul kuni taxminan soat 02:30larda Sherzod Mamatov o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Yunusobod tumani hududida fuqaro Doniyor Mahmudovning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) “SAMSUNG GALAXY-7» rusumli uyali telefonini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Top