18:28 / 10.07.2017
6874

Jahonga mashhur qo‘shiqchilardan biri qochqinlarga million krona xayriya qildi

Britaniyalik qo‘shiqchi Sting Shvetsiyaning Polar Music Prize musiqiy mukofotidan olingan 1 mln. krona miqdoridagi pul mablag‘larini Shvetsiyada yosh qochqinlarga yordam ko‘rsatuvchi notijorat loyihasiga xayriya qildi.

«Men uchun Polar mukofotini olish – katta faxr, hamda men mukofot pullarini Songlines Shvetsiya yoshlari tashabbusiga xayriya qilmoqchiman. Musiqa ko‘priklarni qurishi mumkin, va bu loyiha yosh qochqinlar yangi jamiyat bilan yaqinlashishida musiqa naqadar katta o‘rin tutishiga e'tibor qaratadi», - deyiladi loyiha veb-saytida e'lon qilingan bayonotda.

Shu tariqa, mukofot pullari yosh qochqinlar uchun musiqa lagerlari, konsertlar va musiqa asboblarini xarid qilishga yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid
Top