20:07 / 11.07.2017
12225

Energetik ichimliklar ta'mini beruvchi 7 Stick Dynamic saqichlari

O‘zbekistonda yangi 7 STICK caqichlari sotila boshladi. Mahsulotning boshqa saqichlardan farqli jihati - uning tarkibida organizm uchun zararli bo‘lgan aspartam kimyoviy moddasi yo‘q. Shuningdek, 7 STICK taomlarni tez hazm bo‘lishiga yordam beradi va o‘zining yoqimli ta'mi bilan va xushbo‘y ifori bilan insonlarga yaxshi kayfiyat ulashadi.

7STICK saqich mahsuloti Turkiyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning tarkibida hech qanday zararli kimyoviy modda va qo‘shimchalar yo‘q. 7 STICKni kattalar bilan bir qatorda bolalar ham iste'mol qilishi mumkin.

Bizga ma'lumki, aspartam - oziq-ovqat va ichimliklar tarkibiga qo‘shiluvchi shakar o‘rnini bosadigan kimyoviy modda. Aspartam yoki Ye951 kam kaloriyali modda bo‘lib, u tabiiy shakardan 200 marta shirinroq ta'mga ega. Odatda, ichimlik suvlari va saqichlar tarkibida aspartam moddasini uchratish mumkin. Sababi, u o‘zining arzon narxi bilan keng tarqalgan.

Biroq aspartamning inson salomatligiga salbiy ta'sirlari mavjud. Aspartam moddasi odam organizmiga tushishi bilan miya serotonin ishlab chiqarishdan to‘xtaydi. Inson qorin to‘qligini his qilmaydi. Shakardan qochib, og‘ir vazn bilan kurashish esa hech qanday natija bermaydi.

Shuningdek, aspartam qondagi qand darajasi nazoratsiz qolishiga olib keladi. Shu sababli bu modda qandli diabet kasalligiga chalinganlar uchun juda xavfli.

Aspartam sekin-asta saraton hujayralarini ham qo‘zg‘ata boshlaydi, shuning uchun hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi aspartam moddasidan foydalanishga qarshi kurashmoqda .

7 STICK saqichlarini shahrimiz do‘kon va supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin. Yaqin kunlarda mahsulotni viloyatlarga olib kirish maqsad qilingan.

Ma'lumot o‘rnida: Turkiyaning "Ceremony Gıda Sanayi ve Ticaret A.Ş" kompaniyasi 2013 yildan boshlab tasmali saqich mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshladi. Kompaniya O‘rta Sharq, Bolqon, Afrika va Osiyo davlatlariga o‘z mahsulotlarini eksport qiladi va dunyoning eng ilg‘or saqich ishlab chiqaruvchilaridan biri sanaladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring:

Instagram: @7stick_uz

Facebook: @7stickUzbekistan

Telegram: @stickuzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top