Xayriya aksiyasi: 12 yashar Jamshidjon saxovatpesha insonlar ko'magiga muhtoj

Jamiyat 11 Iyul 2017 107575

Odamlarga yordam berish juda ulug' ishdir. Ko'makka muhtoj kishilarga saxovat qilish har ikki tomon uchun ham bitmas-tugunmas boylik, baxt-saodatdir. Bunday insonlar bizning ko'magimizga muhtoj. 

2005 yilda Buxoro viloyatida tug'ilgan Jamshid Ergashev ana shunday xasta insonlardan biri. U oqqon kasaliga uchragan. Jamshidning salomatligini tiklash uchun u Hindistonga borib, davolanishi, shifokorlarning zarur muolajalarini qabul qilishi zarur. Hayotda katta-katta maqsadlari bo'lgan, yurt uchun, oilasi uchun munosib farzand bo'lishni niyat qilgan Jamshidjon aslo tushkunlikka tushmagan. U haqiqiy yigitlarga xos sabr va matonat, yaxshi niyatla o'z hayotini yashamoqda. Aslida esa unga juda tezkor ravishda yordam kerak.

Jamshidjonning onasi Muhabbat opa bergan ma`lumotlarga ko'ra, farzandini davolatish uchun 10 ming AQSh dollari talab etiladi. Ayni damda bu summaning 20 million so'mga yaqin miqdori yig'ilgan. 

Bemor bolaga ham moddiy, ham ma`naviy ko'mak berishni istovchilar bo'lsa, uning hayoti yanada nurafshon bo'lishini niyat qiluvchilar topilsa, bu ulkan savob amaldir. Har bir kishi yaxshilikni har kuni qilish kerak, degan donolar.

Jamshid Ergashevga yordam qo'lini cho'zmoqchi bo'lganlar uchun ma`lumotlar:

Plastik kartadan pul o'tkazishni istovchilar 8600 0417 2897 4222 raqamiga pul o'tkazishlari mumkin.

Jamshidjonning onasi Mirzoyeva Muhabbatning telefon raqami: +998933144526.

O'z vaqtida ko'rsatilgan yordam - eng a`lo ishdir. Birovga yaxshilik qilib, uning ortidan baxt-saodatga uchragan qanchadan qancha insonlar bor. Yaxshilikka, saxovatli ishga shoshiladigan muruvvatli insonlar bor. O'zgalarga yaxshilik qilaylik, muruvvatli bo'laylik, jumladan, Jamshidjonning sog'ayib ketishiga o'z hissamizni qo'shaylik!

Ko'proq yangiliklar: