16:50 / 11.07.2017
18947

Xames «Real»ga «xayr» dedi, uning yangi jamoasi ma'lum

«Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini «Bavariya»da davom ettiradi. Myunxenliklar klubi matbuot xizmati ushbu futbolchi transferi borasida madridliklar bilan kelishuvga erishilgani haqida xabar bergan.

«Bavariya» kolumbiyalik bu futbolchini keyinroq sotib olish huquqi bilan ikki yilga ijaraga olgan. Xames Rodriges tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyat bilan o‘tgan va shartnomani imzolash arafasida. 25 yoshli futbolchi Xitoy va Singapurga yo‘l oladigan tarkibga kiritishgan.

«Bavariya» futbolchining ikki yillik ijarasi uchun 10 mln yevro to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, Xames «Real»ga hozir «Bavariya» ustozi bo‘lmish Karlo Anchelotti davrida kelgandi. Italiyalik mutaxassis jamoadan ketgach, futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. Yakunlangan mavsum davomida Xames va «Real»ning hozirgi bosh murabbiyi Zaynidin Zidan o‘rtasida ixtilof kelib chiqqandi. 

Mavzuga oid
Top