21:05 / 11.07.2017
60575

M39 yo‘lining Qozog‘iston hududidan o‘tuvchi qismi rasman ochildi

Bugun O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasida “Oq oltin – Tselinnyy” va “Malik – Sirdaryo” o‘tkazish punktlarining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi. 

Ushbu punktlar O‘zbekiston fuqarolariga M39 yo‘lining Qozog‘iston hududidan o‘tuvchi qismidan foydalanishga imkon beradi. Marosimda ikki mamlakat hukumat vakillari, jamoatchilik qatnashgan.

Endi Janubiy viloyatlardan Toshkent shahriga boruvchi va qaytuvchi fuqarolar M39 yo‘lining Qozog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi 24 kilometrlik qismidan foydalanishlari mumkin. 

Shu paytgacha haydovchilar 17-post deb ataluvchi yo‘l-patrul xizmati maskanidan Chinoz YPX maskanigacha Sirdaryo viloyati hududida 70 km.ga yaqin yo‘l bosishar edi. To‘g‘ri yo‘l ochilishi bilan ushbu masofa 46 kilometrni tashkil etadi.

Oldinroq berilgan xabarlarga ko‘ra, davlatlar chegaralarini kesib o‘tishda yengillashtirilgan pasport nazorati yo‘lga qo‘yiladi va kirish chiqish shtamplari bosilmaydi.

Top