14:40 / 11.07.2017
25511

OAV: IShID jangarilari al-Bag‘dodiy halok bo‘lganini ma'lum qilishdi

Foto: AFP

IShID terrorchilik guruhi jangarilari o‘z yetakchilari Ibrohim Abu Bakr al-Bag‘dodiy halok bo‘lganini tasdiqlashdi. Bu haqda Al Sumaria telekanali Iroqning Naynava viloyatidagi mahalliy manbaga asosan xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, terrorchilar qisqa bayonot bilan chiqib, unda o‘z yetakchilari halok bo‘lganini xabar qilishgan, shuningdek, uning merosxo‘ri nomini aytishgan.

Avvalroq IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy katta ehtimol bilan yo‘q qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Terrorchi Rossiya HKKning 28 may kungi zarbasi natijasida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin.

Top