12:15 / 11.07.2017
9739

«Yuventus» «Bavariya» futbolchisi bilan tarkibni kuchaytirmoqda

«Yuventus» va «Bavariya» braziliyalik yarimhimoyachi Duglas Kosta transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, turinliklar jamoasi braziliyalik futbolchini 6 million yevroga ijaraga oladi. Shartnomaga kelgusida futbolchini 40 million yevro evaziga sotib olish sharti ham kiritiladi.

Duglas Kosta «Yuventus» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo‘lgan. Chorshanba kuni u tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Italiyaga uchib kelishi kutilmoqda.

Top