11:10 / 11.07.2017
23506

Video: Avtomobil yuguruvchilarni bosib ketdi

Xitoyda taksi haydovchisi yuguruvchilar karvonini bosib ketmoqchi bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir inson halok bo‘ldi va ikki nafari jarohat oldi.

People's Daily portalining ma'lum qilishicha, voqea Xitoy sharqidagi Shandun viloyatida ro‘y bergan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, taksi haydovchisi qo‘lga olindi. Hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum.

 

Top