14:44 / 12.07.2017
8664

Assanj kichik Trampga qilgan taklifi haqida xabar berdi

Foto: RIA "Novosti"

WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning o‘z tvitterida ma'lum qilishicha, u Donald Trampning o‘g‘li bilan Hillari Klintonga kompromat bo‘yicha yozishmalarini o‘z tashkiloti saytida e'lon qilish masalasida bog‘langan.

«Ertalab kichik Trampga uning elektron maktublarini nega e'lon qilish lozimligini tushuntirib berdim. Ikki soat o‘tib, u buni mustaqil ravishda qildi», - deya xabar berdi Assanj.

Bunga qadar kichik Donald Tramp 2016 yilda rossiyalik advokat Natalya Veselnitskaya bilan uchrashuvga rozi bo‘lgani hamda undan Hillari Klintonga doir kompromatni olishga umid qilganini tan oldi.

Top