16:45 / 12.07.2017
15908

Fotojamlanma: Tayvandagi “sport metrosi”

Tayvan viloyati poytaxti Taybeyda 2017 yilda o‘tkaziladigan Butunjahon universiadaga bag‘ishlab metro vagonlaridagi pol sport maydonchalariga o‘xshash tarzda bezaldi.

Turli vagonlardagi pol futbol maydoni, beysbol va basketbol maydonchalari, yugurish yo‘lagi hamda suv havzasiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarga ko‘ra, aynan suv havzasi ko‘rinishiga ega vagon yo‘lovchilarda katta taassurot qoldirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Taybeyda Universiada 19-31 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Kutilishicha, ochilish marosimida jahonning 150 davlatidan kelgan 10 mingga yaqin sportchilar ishtirok etadi.

Mavzuga oid
Top