19:01 / 12.07.2017
7473

Isroil Turkiya bilan kelishib oldi

Isroil milliy infratuzilma, energetika va suv ta'minoti vaziri Yuval Shtaynitsning ma'lum qilishicha, Turkiya hamda Isroil joriy yilning oxiriga qadar YeIga gaz yetkazib berish uchun gaz quvurini qurish bo‘yicha bitim imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

«Biz turkiyalik hamkasbimiz [Barot] Olbayroq bilan sermahsul suhbat o‘tkazdik. Umid qilamanki, u yil oxiriga qadar Isroilga muzokara jarayonini yakunlash va bitimni imzolash uchun keladi», - deya ma'lum qildi Shtaynits.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Olbayroqning Isroilga tashrifi muddati yaqin oylar ichida aniqlanadi.

Top