14:42 / 12.07.2017
22400

Kim Chen Inning rafiqasi 4 oy ichida ilk bora omma oldida ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning rafiqasi so‘nggi to‘rt oy ichida ilk bora omma oldida ko‘rinish berdi, deb yozmoqda Daily Mail. Li Sol Chju turmush o‘rtog‘i bilan KXDR muvaffaqiyatli raketa uchirgani sabab tashkil etilgan maxsus bazmga kelgan. 

Gazetaning qayd etishicha, Kim Chen Inning rafiqasi so‘nggi paytlarda omma oldida juda kam ko‘rinish bermoqda, 2016 yilda esa Li Sol Chju jamoatchilik nigohidan to‘qqiz oyga “yo‘qolib qoldi”.

KXDR yetakchisining rafiqasi qimmatbaho aksessuarlar va dizaynerlik sumkalarini yaxshi ko‘rishi bilan mashhur. Shu tariqa, nashrning yozishicha, u shimoliy koreyalik ayollarni odatiy soch turmaklari hamda dress-kodlardan voz kechishini yoqlaydi.

Mavzuga oid
Top