18:46 / 12.07.2017
13753

Kreml: Putin Trampdan yon bosishni kutayotgani yo‘q

Foto: Getty Images

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilishicha, Moskva AQSh prezidenti Donald Trampdan yon bosishni kutayotgani yo‘q va o‘zi ham bunga tayyor emas, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Moskvada hech kim prezident Trampdan yon bosishni kutayotgani yo‘q», - degan u.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari Vladimir Putin hech qachon qandaydir yon bosishlar haqida gapirmagan va bunday masalani o‘rtaga tashlamagan ham.

Top