11:20 / 12.07.2017
13153

Uzmobile va Faktura.uz  elektron hujjat aylanmasiga bag‘ishlangan qo‘shma loyiha taqdimotini o‘tkazdi

10 iyul kuni Uzmobile kompaniyasining bosh binosida Uzmobile va Faktura.uz tizimining yangi qo‘shma loyihasi bo‘yicha seminar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur loyiha O‘zbekistondagi yirik aloqa operatorlari ichidagi ilk elektron hujjat aylanmasi bo‘lib, loyiha Uzmobile mijozlari va dilerlari o‘rtasida zamonoviy elektron axborot almashish tizimi yaratilishini maqsad qilib qo‘ygan.

Faktura.uz loyhasi tizim ishtirokchilariga, jumladan, Uzmobile mijozlariga hisob fakturalarni, shartnoma va aktlarni elektron tarzda tayyorlash, qabul qilish, yuborish va yetkazib berish bilan bog‘liq o‘ziga xos imkoniyatlarni taqdim etadi.

Seminarni Uzmobile rivojlanish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Muhiddin Ibrohimov ochib berdi va kompaniyaning dilerlar bilan ishlashida Faktura.uz'ning afzallik jihatlarini ta'kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, Faktura.uz loyihasi mutaxassisi To‘lqin Yakubov mazkur loyiha haqida qiziqarli taqdimot o‘tkazdi.

Taqdimotda O‘zbekiston qonunchiligining mazkur yo‘nalishida qator o‘zgarishlar yuz bergani, jumladan, Soliq kodeksining 222-moddasiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, hozirda hisob-fakturalarni elektron hujjat ko‘rinishida tayyorlashga rasman ruxsat berilgani qayd etildi.

Shuningdek, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi yangilangan qonun elektron hisob hujjatlarini qog‘ozli muqobiliga teng huquqli etib belgilanganligini va ushbu hujjatlar bir xil yuridik maqomga ega ekanliklari ta'kidlandi.

Qo‘shma loyihaning yana bir e'tiborli tomoni, tizim  ko‘plab muammolarni - hujjatning qog‘oz varianti yo‘qolib qolishi, iflos bo‘lishi yoki shunchaki kerakli manzilga yetib bormasligining oldi olinadi. 

Elektron hujjatlarni saqlash mutlaqo qulay: ularni saqlash uchun ijara haqi to‘lash shart emas, kerakli hujjatni tezda belgilangan serverdan izlab topish mumkin.

Avtomatlashtirilgan tizimda hujjatlar bilan bog‘liq barcha operatsiyalar (saralash, hisobotlar va boshqalar) bir lahzada amalga oshiriladi va bu buxgalterlardan ortiqcha mashaqqat talab etmaydi. Shu bilan birga imzolangan hujjatni qalbakilashtirib bo‘lmasligi seminarda alohida ta'kidlandi.

Taqdimot davomida Uzmobile korxonasi dilerlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Mirzohid Karimov so‘zga chiqib, loyiha Uzmobile hamkorlari uchun qanday qulayliklar taklif etayotganin yoritib berdi. Jumladan:

  • Faktura.uz hujjatlarni chop etishga sarflanayotgan resurslarni tejab qolishini;
  • Shartnoma, hisob fakturalar, aktlar va boshqa hujjatlarni yetkazib berish uchun ortiqcha vaqt sarflanmasligini. Hujjatning elektron versiyasini yuborish bor-yo‘g‘i bir necha soniya vaqtni olishini ta'kidlab o‘tdi.

Taqdimot ishtirokchilari Faktura.uz kabi axborot tizimlarining paydo bo‘lishi ish jarayonida mutlaqo yangi, samarali model paydo bo‘lganidan darak berishi va ushbu loyiha o‘z hamkorlariga vaqt, mablag‘ va inson resurslarini tejash imkoniyatlarini ochib berishini aytib o‘tdi.

Baxtiyor Aripov - loyiha menejyeri:

- O‘zingizga ma'lum hozirda ko‘p korxonalarda ichki ish yuritish jarayonlari elektron axborot tizimlari asosida bajariladi, hisobotlar va ishchi hujjat yuritish ham elektron ko‘rinishda. Afsuski, tashqi hamkorlar bilan har oy qaytariladigan buxgalteriya hujjatlari hali hanuz qog‘ozda, shaxslar imzosini va korxona muhridan foydalanishni talab etmoqda.

Qolaversa, bu hujjatlarni shahar yoki respublika bo‘ylab eltib berish ham o‘ziga yarasha mashaqqat va noqulayliklarni tug‘diradi.

Faktura.uz elektron hujjat aylanmasi esa qog‘ozni va vaqt tejashga olib keladi.

Faktura.uz servisi xuddi elektron pochtaga o‘xshab qurilgan. Foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tishadi va o‘zlarining hamkorlariga elektron faylni – shartnoma, dalolatnoma, hisob-faktura yoki boshqa ko‘rinishdagi hujjatlarni xabarga ilova qilib, hujjatni imzolab, qabul qiluvchiga yuborishadi. Tizimda hamkorni qidirish uchun uning soliq to‘lovchi raqamini kiritish kifoya bo‘ladi.

Hozirda ushbu tizimdan 3000dan ziyod tashkilot va muassasalar, jumladan, O‘zbekistondagi yirik tashkilotlardan Uzmobile, Bilayn va Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi, 20dan ortiq tijorat banklari foydalanib kelmoqda.

Shu bilan birga loyihada quyidagi qo‘shimcha xizmat turlari ham mavjud:

  • Uzcard korporativ kartalari to‘lov kvitansiyalarining elektron imzoli shaklini qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa buxgalterlarning qog‘oz to‘lov cheklarini yig‘ish va saqlash kabi ortiqcha vazifalardan xalos bo‘lishiga imkon beradi.
  • To‘lov qabul qilish shoxobchalari to‘lov terminallari hisobotlarini ham Faktura.uz tizimidan olishlari mumkin.
  • 1S dasturi bilan ham integratsiya ishlari amalga oshmoqda.

Faktura.uz kabi axborot tizimlarining paydo bo‘lishi ish jarayonida mutlaqo yangi, samarali model paydo bo‘lganidan  darak beradi. U vaqt, mablag‘ va inson resurslarini tejash hamda kompaniya oldiga qo‘yilgan vazifalarni oson uddalashga yaqindan ko‘maklashadi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top