10:36 / 12.07.2017
20595

Video: Sohilda 80 kishilik “tirik zanjir” yuzaga keldi, cho‘kayotgan oila qutqarib qolindi

Foto: CBS

Floridadagi sohillardan birida taxminan 80 kishi uzunligi 100 metr bo‘lgan "tirik zanjir"ni yuzaga keltirishdi. Bu kuchli oqim sabab qirg‘oqdan uzoqlashib ketgan va cho‘kib ketishga juda yaqin turgan oilani qutqarish maqsadida qilingan, deb xabar bermoqda CBS telekanali.

Xabarga qaraganda, Roberta Ursrey oilasi bilan sohilbo‘yida hordiq chiqarayotgan payt ikki o‘g‘li yo‘qolib qolganini payqab qolgan. Ayol farzandlari kuchli oqim tufayli qirg‘oqdan uzoqlashib borayotganini ko‘rdi va ularga yordam berishga oshiqdi. Uning ketidan oilaning yana olti a'zosi yo‘l olgan. Biroq, ulardan hech biri kuchli oqimga qarshi tura olmadi.

Cho‘kayotganlarga dam oluvchilar ham yordam berishga harakat qilishdi. Ular "tirik zanjir"ni yuzaga keltirishdi, natijada fojianing oldi olindi.

"Men juda minnatdorman. Ulardan o‘z hayotim va oilam hayoti uchun qarzdorman", - deya ma'lum qildi Ursrey. Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, ayolning onasi suvda bo‘lgan payt infarktni boshidan o‘tkazgan. U shifoxonaga olib ketildi. Oilaning qolgan a'zolaridan hech biri jiddiy jabrlanmagani aytilmoqda.

Mavzuga oid
Top