09:24 / 13.07.2017
3941

Braziliya sobiq prezidentiga 19 yil davomida davlat lavozimlarini egallash taqiqlandi

Foto: AFP

Braziliya sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaga sud qarori bilan 19 yil davomida davlat lavozimlarini egallash taqiqlandi, deb xabar bermoqda Reuters.

Avvalroq Lula da Silva korrupsiya uchun 9,5 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingani xabar qilingandi.

Kuritiba shahri federal politsiyasining xabar berishicha, Silva va uning rafiqasi Petrobras davlat neft kompaniyasi bilan aloqador bo‘lgan noqonuniy sxema natijasida OAS qurilish kompaniyasidan taxminan 748 ming AQSh dollari olishgan.

Top