01:08 / 13.07.2017
10051

Samarqandda yosh shoirning yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahridagi «Kitob olami» do‘konining anjumanlar zalida shoir Qodirbek Usmonovning yangi — «Bekat» deb nomlangan she'riy to‘plami taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat yozuvchilar uyushmasi, samarqandlik kitobsevarlar, shoirlar, oliygoh o‘qituvchilari yig‘ilgan ushbu uchrashuvda yosh shoirning kitobi jamoatchilikka tanishtirilib, uning yangi she'rlaridan o‘qib eshittirildi. 

Tadbirda adib Eshqobil Vali, Toshpo‘lat To‘galov, Isomiddin Po‘latov, To‘lqin Siddiq, Asliddin Mustafo kabi el tanigan ijodkorlar so‘zga chiqib, yosh shoir Qodirbek Usmonovning kelgusi ijodlarida omadlar tilashdi.

Top