13:20 / 13.07.2017
22504

O‘zbekistonda so‘nggi olti oy davomida qancha yo‘l ta'mirlangani ma'lum bo‘ldi (foto)

Foto: Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2775-sonli qarori bilan qabul qilingan Dastur asosida joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida mamlakat yo‘lsozlari tomonidan 2757,8 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko‘chalari ta'mirlandi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 115,2 km, Andijon viloyatida – 292,5 km, Buxoro viloyatida – 207,3 km, Jizzax viloyatida – 183,5 km, Qashqadaryo viloyatida – 255,6 km, Navoiy viloyatida – 107,4 km, Namangan viloyatida – 225 km, Samarqand viloyatida – 208,7 km, Sirdaryo viloyatida – 115,3 km, Surxondaryo viloyatida – 313,2 km, Toshkent viloyatida – 144,8 km, Farg‘ona viloyatida – 345,6 km, Xorazm viloyatida – 189,4 km va Toshkent shahrida – 54,3 km ichki yo‘l va ko‘chalarni shu safga kiritish mumkin. 

Mazkur ish hajmi o‘tgan yilning xuddi shu davri bilan solishtirganda, 4 baravarga ko‘pdir.

Top