12:17 / 13.07.2017
7673

Jahonda neft narxlari pasaymoqda

Foto: AP

London va Nyu-York birjalaridagi elektron savdolar davomida jahon neft narxlari pasaymoqda, bundan savdolar haqidagi ma'lumot darak bermoqda.

Nyu-York tovar birjasida WTI markali yengil neftning avgust fyucherslari 0,07 foizga tushib ketib, bir barrel uchun 45,46 dollarni tashkil etmoqda.

Londonning ICE Futures birjasida esa Brent markali neft fyucherslari sentabrda yetkazib berish bilan hisoblanganda 0,06 foizga pasayib, bir barrel uchun 47,71 dollarga teng bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top