14:47 / 14.07.2017
5296

Al Qudsdagi hujumdan so‘ng ikki politsiyachi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Al Qudsning tarixiy markazida terrorchilar tomonidan o‘qqa tutilgan isroillik politsiyachilardan ikki nafari olingan jarohatlar tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish idoralari xabar bergan.

"Politsiyaning ikki nafar zobiti terrorchilar hujumi paytida olingan jarohatlar tufayli shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi", - deya yozdi politsiya matbuot kotibi Miki Rozenfeld Twitter’da.

Avvalroq Al Quds shahrida uch noma'lum shaxs politsiyalar guruhiga qarata o‘t ochgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top