Andijon viloyati, Qo'rg'ontepa tumani, “G'ayrat” mahallasi, Iftixor ko'chasida yashovchi voyaga yetmagan Mashrabboyev Fazliddin O'ktamjon o'g'li 2016 yilning 28 dekabr kuni soat taxminan 17:00da noma`lum sabablarga ko'ra, yashash joyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Bu haqda Kun.uz’ga Andijon viloyat, Qo'rg'ontepa tuman IIB xabar bermoqda.

Fazliddin Mashrabboyev – millati o'zbek, 2001 yil, 19 iyunda tug'ilgan. Qo'rg'ontepa tumanidagi 11-sonli maktabning 9-sinf o'quvchisi. So'nggi ma`lumotlarga ko'ra, uni Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida ko'rishgan. 

Mashrabboyev Fazliddin O'ktamjon o'g'li haqida ma`lumotga ega bo'lganlar yaqin oradagi IIBga murojaat etishlari, 102 yoki (8 374) 723 25 02, (+998 90) 147 60 00 telefon raqamlariga qo'ng'iroq  qilishlari so'raladi.