23:29 / 14.07.2017
18905

Xitoy savdo markazida erlarni qoldirish mumkin bo‘lgan "saqlash xonalari" tashkil etildi

Foto: .thepaper.cn

Xitoy savdo markazlaridan birida ayollar uchun erlarini vaqtincha qoldirishlariga "saqlash xonalari" taklif etilmoqda. Bu yerda ayollar do‘konlarda xarid qilish vaqtlarida turmush o‘rtoqlarini qoldirishlari mumkin bo‘ladi, deb xabar qilmoqda mahalliy The Paper nashri. 

Gazetaning yozishicha, Shanghaydagi Global Harbour savdo markazida rafiqalarining ortidan do‘konma-do‘kon yurishni istamagan erlar uchun maxsus shishali xonachalar qo‘yildi. Har bir kapsula ichida stul va kompyuter bo‘lib, unga 1990-yillardagi o‘yinlar o‘rnatilgan. 

Hozirda bu xizmat bepul taqdim etilayotgan bo‘lsa-da, kelgusida mijozlar telefon orqali uncha katta bo‘lmagan haq to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. 

Bu xizmatdan foydalanishga ulgurgan erkaklar g‘oyaga yuksak baho berishgan. Ulardan biri, o‘zini maktab davrlariga qaytgandek his qilganini aytgan. Yana biri bu tashabbusni ma'qullagan bo‘lsa-da, ventilyatsiya yoki konditsioner o‘rnatilmaganidan noligan. "Men besh daqiqa ichida terga botdim", — degan foydalanuvchi. 

Top