12:11 / 14.07.2017
8765

Qatar mojarosi ishtirokchilari muzokaralarga chaqirildi

Foto: AP

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning fikricha, Qatar atrofidagi muammoni hal etish uchun, mojarodagi barcha tomonlarning muzokaralar stoliga o‘tirishi juda muhim. Bu haqda Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.

"Hozirda tomonlar bir-biri bilan hech qanday darajada muloqot qilayotgani yo‘q. Biz ular muzokaralar stolida yuzma-yuz o‘tirishlari, bu muammolarni hal etish bo‘yicha muhokamalarni boshlashlarini istaymiz", - deya ma'lum qilgan Tillerson Qatardan Vashingtonga parvoz qilgan samolyot bortida.

"Bizga dunyoning bu qismi barqaror bo‘lishi muhim, hamda ushbu mojaro... bunga ko‘mak bermasligi aniq", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Tillerson.

Nashrning yozishicha, AQSh davlat kotibi Amerika tomoni Qatarni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan. Biroq Vashington ro‘y bergan vaziyatdan chiqish bo‘yicha o‘z g‘oyalarini ham berishi mumkin edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, davlatlar o‘rtasida ba'zi muammolar anchadan beri bor, shuning uchun ularni hal etishga ko‘proq vaqt talab etiladi. 

Avvalroq Tillerson Yaqin Sharq davlatlari bo‘ylab turneni amalga oshirdi. Seshanba kuni u Dohaga kelgan bo‘lsa, chorshanbada Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, Qatarni boykot qilayotgan davlatlar yig‘ilishida qatnashdi. Payshanba kuni esa u Qatarga qaytib kelib, amir bilan ko‘rishdi.

Mavzu
Fors ko‘rfazi inqirozi
Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Barchasi
Top