12:48 / 14.07.2017
4553

Komilov Yevropa Komissiyasining Bosh direktori bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yilning 14 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha Bosh direktorati rahbari Stefano Manservisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi hamkorligining holati va istiqbollari, shuningdek, YeIning Markaziy Osiyo bilan yangi hamkorlik strategiyasining samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan uni tadbiq etish jarayoni muhokama qilindi.

Uchrashuvda Bryussel shahrida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston-YeI” hamkorlik kengashining 13-majlisi, Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Bosh vakili Federika Mogerinining mamlakatga tashrifi, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvining navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish va boshqa qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni amaliy jihatdan ko‘rib chiqildi.

Moliyaviy-texnik sohada aloqalarni mustahkamlashga mas'ul sherikchilikning yangi organi – Rivojlanish maqsadida hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mitani ta'sis etishga ikki tomon ham rozi ekanligi tasdiqlandi. Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi rahbari, Elchi Eduard Striprays ishtirok etdi.

Top