08:10 / 14.07.2017
4473

"Roma" prezidenti: Mahrez? Men uning kimligini bilmayman

"Roma" prezidenti Jyeyms Pallotta Franchesko Totti faoliyatining davomi va klubdagi transfer rejalari haqida gapirdi. 

"Totti borasida hali hech narsa hal qilinmadi. Francheskoning ishga joylashish masalasi – bu faqat men va unga tegishli, biz ko‘p suhbat qilamiz. Biz bir to‘xtamga kelsak, siz bundan xabar topasiz. Nainggolan va Manolas klubda qoladi, ular hech qayerga ketmaydi. Biz moliyaviy feyr-pley qoidalarini bajarish uchun qator futbolchilarni sotdik. Mahrez? Men uning kimligini bilmayman. Bizda Italiya chempionatining eng yaxshi yarim himoyasi bor", – dedi Pallotta. 

Avvalroq "Roma" "Lester Siti" yarim himoyachisi Riyod Mahrezga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Mavzuga oid
Top