14:41 / 15.07.2017
17987

Amerikalik oila Infiniti mashinasini ikki karra arzonga xarid qildi. Sabab – noto‘g‘ri reklama

Amerikalik er-xotin asl narxi 35 ming dollar turadigan ixcham Infiniti QX30 krossoverini 17 790 dollar evaziga xarid qildi. Ular Facebook sahifasida avtomobilning noto‘g‘ri reklamasini ko‘rib qolganlari sababli shunday imkoniyatga ega bo‘lishdi, deb yozmoqda WDRB.com.

Kuperlar oilasi Infiniti QX30 krossvorini 17 790 dollarga taklif qilayotgan reklama sahifasini ko‘rib qolganlari zahoti dilerga qo‘ng‘iroq qilgan. Savdo menejyeri esa, mashinani bu narxda sotib ololmasligini bildirgan. 

Bu javobdan qanoat hosil qilmagan juftlik Yaponiya avtomobilsozlik kompaniyasi vakolatxonasiga qo‘ng‘iroq qilgan. Kompaniya vakillari, o‘z navbatida, Kuperlar shunday reklamani ko‘rgan bo‘lsa, demak ular avtomobilni shu narxda xarid qilish huquqiga egaliklarini bildirgan. Tuzatish uchun yopib qo‘yilgan. 

AQShda Infiniti QX30 narxi 29 950 dollardan boshlanadi. 

 

Mavzuga oid
Top