14:34 / 15.07.2017
25224

Bekobodda jiddiy avtohalokat, bir oilaning 3 a'zosi hayotdan ko‘z yumdi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida hududidan o‘tuvchi “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” yo‘lining 76-kilometrida sodir bo‘lgan avtohalokatda bir oilaning 3 a'zosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma'lum bo‘lishicha, shu tumanda istiqomat qilgan, 1986 yilda tug‘ilgan J.O‘ ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini haydab ketayotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan J.S boshqaruvidagi “Howo” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada J.O‘ va uning yo‘lovchisi, birga yashagan turmush o‘rtog‘i, 1990 yilda tug‘ilgan D.O‘ hamda qizi, 2015 yilda tug‘ilgan D.G‘ qattiq jarohat olib voqea joyida vafot etganlar.  

To‘qnashuv sodir bo‘lgan yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Piskent tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan M.O ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasi ushbu avtohalokatda boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top