Yozuvchi, jurnalist, jamoat arbobi, gumanist. Mark Tven ijodi ko'plab adabiy janrlarni o'zida mujassam etadi. Tom Soyyerning «otasi» hanuzgacha eng o'tkir aqlli yozuvchilardan biridir.

Uning hayotidagi qiziq jihatlardan biri shuki, u bo'sh vaqtida turli gazetalarga o'z o'limi xususida raddiya yozishni yoqtirgan: «Mening o'limim haqidagi mish-mishlar juda bo'rttirilgan». Alaloqibat, u barcha gazetalar muharrirlarining shunchalik g'azabiga tekkanki, ularning barchasi bu xabarga «Afsuski» deya baho beradigan bo'lishgan.

Quyida ushbu so'z ustasining yorqin, dono va kinoyali fikrlari bilan tanishishingiz mumkin:

Yoz — yilning shunday mavsumiki, qishda bajarish juda sovuq bo'lgan ishlar uchun juda issiq vaqtdir. 

Yaxshi o'rnakchalik kishini bezovta qiladigan narsa yo'q.

Yaxshi kitoblarni o'qimaydiganlar kitob o'qishni bilmaydiganlar oldida ustunlikka ega emas.

Matbuotdagi barcha narsa, ta`ziyanomadan tashqari, reklamadir. 

Kechirish — bu binafshaning o'zini payhon qilganga hid taratishidir.

Haqiqat uydirmadan ham ishonchsizroq, chunki uydirma haqiqatga yaqin bo'lishi shart, haqiqat esa yo'q. 

Yolg'onning 3 turi bor: yolg'on, qasddan yolg'on va statistika.

Shovqin hech narsani isbotlamaydi. Tuxum qo'ygan tovuq shunchalik shovqin soladiki, go'yoki, mitti sayyorani tuqqandek. 

Yaxshi bo'lish — insonni juda charchatadi!

Senga hech kim qaramayotgandek raqsga tush. Seni hech kim tinglamayotgandek kuyla. Senga hech qachon vafosizlik qilinmaganidek sev va Yer go'yoki jannatdek yasha. 

Dunyo sizga nimadir qilib berishi kerak, degan fikrga aldanmang. U sizgacha ham bo'lgan, sizdan qarzdor emas. 

Klassika shunday narsaki, uni barcha o'qish shart deb hisoblaydi, ammo o'qimaydi

Eng yomon yolg'izlik — bu insonning o'zini yolg'iz qolganida noqulay his qilishidir. 

Insonni yaratish — shonli va original g'oya edi. 

Men o'zimga bir vaqtning o'zida bittadan ko'p sigareta chekmaslikni qoida qildim. 

Men 14 yosh bo'lganimda otam shunchalik ahmoqligidan unga zo'rg'a bardosh qilar edim; ammo 21 yoshga kirganimda, bu keksa inson so'nggi 7 yilda juda aqlli bo'lib ketganidan hayratga tushdim. 

Inson — uyala oladigan yagona maxluq. Aslida, faqat u uyaladigan ishlar qiladi.

Chekishni tashlash juda oson. Men o'zim ham 100 marta tashlaganman. 

Mehr — kar eshita oladigan, ko'r ko'ra oladigan narsadir. 

Hayot shunaqa, inson bir narsadan tashvishlanishni bas qildimi, ikkinchi narsa haqida tashvishlana boshlaydi.

Sog'liqni saqlashning yagona yo'li — yoqtirmagan narsani tanovul qilish, yoqtirmagan narsani ichish va yoqtirmagan narsani qilishdir. 

O'zingizga bo'lgan ishonchni so'ndirmoqchi bo'lganlardan uzoqlashing. Buyuk inson, aksincha, siz ham buyuk bo'la olishingizga ishonch uyg'otadi. 

Qayoqqa ketayotganini bilmagan odam borgan joyidan hayratga tushadi.

Keling, ahmoqlarga rahmat aytamiz. Ular bo'lmaganida qolganlar muvaffaqiyatga erisha olmagan bo'lardi. 

Men va xotinim kelisha olmay qolsak, biz u xohlagandek qilamiz. U buni kelishuv deb ataydi. 

Pessimizm — bu shunchalik oddiy so'z bo'lib, asabi zaiflar buni donolik deyishadi. 

Minglab aqlli insonlar tanilmasdan o'lib ketadi — yo boshqalar tanimaydi, yoki ular o'zlarini tanimaydi. 

Ajinlar avval tabassum bo'lgan joylarni ko'rsatishi kerak. 

Agar hamma bir xil o'ylaganida, hech kim otchoparga borib pul tikmas edi. 

Inson miyasi — ajoyib narsa. U sen gapirishni boshlaguningcha juda yaxshi ishlaydi.

Bizlarga o'ylagan narsalarini tap tortmay gapiradigan kishilar yoqadi, faqat ular ham bizdek o'ylagan vaqtda. 

«Bolalar va ahmoqlar har doim rost gapiradi», — deyiladi qadimgi hikmatda. Xulosa aniq: kattalar va dono insonlar haqiqatni hech qachon gapirishmaydi. 

Barcha shubha-gumonlarni tarqatib yuborgandan ko'ra, sukut saqlab, ahmoq bo'lib ko'ringan yaxshi. 

Agar senga pul kerak bo'lsa, begonalardan so'ra; maslahat kerak bo'lsa do'stlardan so'ra; hech narsa kerak bo'lmasa, qarindoshlaring yoniga bor.
 
Bank — shunday idoraki, pulga muhtoj emasligingni isbotlay olsang, qarz olish mumkin. 

Haqiqatni nam sochiqni yuzga artgandek emas, paltoni uzatgandek taqdim etish kerak.
 
O'zlarida qayg'u bo'lganlar boshqalarni tinchlantira oladi.

Agar och itni to'ydirib, silasang, u seni qopmaydi. Shu bilan u odamdan farq qiladi. 

Yer sotib oling — axir uni hech kim ishlab chiqarmaydi. 

Ahmoqlar bilan hech qachon tortishmang. Siz ularning darajasiga tushib qolasiz va ular tajribasi bilan sizni mag'lub etadi.