21:47 / 15.07.2017
12228

Neymarning sobiq agenti: Neymar "Real" taklifini qabul qilishini xohlagandim, biroq...

Futbol agenti Vagner Ribeyro intervyusida o‘zining sobiq mijozi Neymar "Real Madrid"ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi. 

"Hozir men Neymarning agenti emasman – bu vazifani uning otasi bajaradi. Biroq biz birga ishlaganimiz haqiqat. Men Neymar 12 yoshidan beri uning agenti bo‘lganman va biz "Santos" bilan 2 marta shartnomani yangilaganmiz. Biroq u ulg‘aygach, uning otasi barchasi bilan o‘zi shug‘ullanmoqchi bo‘ldi. 

Bir kuni men Neymar borasida "Chelsi" va "Real"dan taklif oldim va ular bilan "Santos"ga bordim. Men u "Real"ning taklifini qabul qilishini xohlagandim. U moliyaviy tomondan "Santos" uchun ham, Neymar uchun ham yaxshiroq edi. Biroq u rad etdi – o‘sha vaqtdayoq uning yuragida "Barselona" bo‘lgan edi", – dedi agent.

Top