11:55 / 15.07.2017
9642

Prezident: “Oliy Majlis xodimlarining moddiy ta'minotini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorman”

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'ruza qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Oliy Majlis oldida turgan vazifalarni samarali hal etish haqida so‘z yuritilar ekan, albatta, deputatlar, senatorlar faoliyatini moddiy ta'minlash masalasini yoddan chiqarmaslik lozim. 

“Bu – hayot haqiqati. Bu masala yillar davomida ko‘rib chiqilmagan. Bu davrda davlat organlari boshqa xodimlarining moddiy ta'minoti bir necha marta ko‘rib chiqilib, bugungi hayot, zamon talablariga moslashtirildi. Nima uchun Oliy Majlis palatalari rahbarlari xorijiy amaliyotni, respublikamizdagi huquqni qo‘llash amaliyotini chuqur tahlil qilish asosida bu borada takliflar kiritmagan? Davlat rahbari sifatida men deputatlar va senatorlar hamda Oliy Majlis xodimlarining moddiy ta'minotini yaxshilash bo‘yicha asosli takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorman”, - dedi Mirziyoyev.

Top