12:13 / 15.07.2017
7659

“O‘z joniga qasd qilish, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarning oldini olishda Oliy Majlis palatalarining roli sezilmayapti”

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'ruza qildi. Uning aytishicha, yoshlar bilan ishlash, oila va ayollar masalasi har doim muhim vazifa hisoblangan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. 

“Oliy Majlis palatalarining qariyb 40 nafar ayol senator va deputatlari buni juda yaxshi tushunishadi. Xotin-qizlar o‘rtasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, jumladan, eng og‘ir masala bo‘lgan o‘z joniga qasd qilish, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarning oldini olishda Oliy Majlis palatalarining roli sezilmayapti. Bu borada na samarali ishlaydigan qonunlar qabul qilinmoqda, na joylarda amaliy faoliyat olib borilmoqda. Holbuki, xalqimiz, saylovchilarimiz bizdan bu borada amaliy harakatlarni kutmoqda. Shu bois Davlat maslahatchisi O.Murodovga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda quyi palatada Yoshlar masalalari hamda Oila va ayollar masalalari bo‘yicha komissiyalarni tuzishni o‘rganib chiqish topshiriladi”, - dedi davlat rahbari. 

Top