16:50 / 16.07.2017
18182

21 mushukning boshiga yetgan amerikalik 16 yilga qamaldi

AQShda Santa-Klara okrugi oliy sudi 14 iyul kuni 26 yoshli kaliforniyalikni 21 ta mushukning umriga zomin bo‘lgani uchun 16 yil qamoq jazosiga hukm qilgan. Qotil ba'zi jonivorlarni o‘ldirish uchun ularni ataylab imlab chaqirib olganligi oydinlashgan.

Sud zali o‘ldirilgan jonivorlarning xo‘jayinlari, ularning oila a'zolari va ularga tasalli beruvchi insonlar bilan to‘lib toshgan edi. Da'vogarlar o‘z da'vosini o‘qib eshittirayotganida ko‘pchilik yig‘lab yuborgan.

Mercury News nashrining yozishicha, Robert Roy Fermer 2016 yilda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish moddasi bo‘yicha 21 ta jinoyatiga iqror bo‘lgan.

2015 yilning sentabridan boshlab San Xosedagi Kambriy istirohat bog‘idan mushuklar yo‘qola boshlagach, vaqt o‘tib ularning murdalari topilgan. Qotil 2015 yil 8 oktabrida qo‘lga olingan. U avtomobil to‘xtash joylaridan birida mashinasi ichida uxlab yotgan bo‘lgan, mashinaning asboblar paneli ustida o‘ldirilgan mushuk bo‘lgan.

Politsiya mashinani tintuv qilish jarayonida mushuklar qotilining aybini isbotlovchi boshqa dalillar va ov pichog‘i topishgan.

Top