23:49 / 16.07.2017
5100

Hemilton "Formula-1"da Buyuk Britaniya gran-prisi g‘olibi bo‘ldi

"Mersedes"ning britaniyalik piloti Lyuis Hemilton "Formula-1" jahon chempionatining 10-bosqichi — Buyuk Britaniya gran prisi g‘olibiga aylandi.

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan poygada britaniyalik poygachining jamoa bo‘yicha sherigi finlandiyalik Valtteri Bottas (+14,063 soniya) marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi. Uchlikni "Ferrari" jamoasi tarkibida qatnashayotgan finlandiyalik yana bir pilot Kimi Raykkonen (+36,570) yakunlab berdi.

Boskichning dastlabki o‘nligiga qo‘yidagi sportchilar kirishdi:

4. Maks Ferstappen (Niderlandiya, "Red Bull", +52,125 soniya); 

5. Deniyel Rikkiardo (Avstraliya, "Red Bull", + 1 daqiqa 5,955 soniya);

6. Niko Hyulkenberg (Germaniya, "Reno", +1.8,109)

7. Sebastyan Fettel (Germaniya, "Ferrari", +1.33,989)

8. Esteban Okon ("Fors Indiya", +1 doira); 

9. Serxio Peres (Meksika, "Fors Indiya", +1 doira);

10. Felipe Massa (Braziliya, "Uilyams", +1 doira).

"Formula-1"ning keyingi bosqichi 28–30 iyul kunlari Vengriyada bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top