16 iyul tongida, taxminan soat 5:00da Toshkent shahrining Sergeli tumani hududida fojia ro'y berdi.

Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhida berilgan fotoxabarga ko'ra, katta tezlikda harakatlangan «Spark» rusumli avtomobil halokatga uchragan va tanib bo'lmas holatga kelgan. Avtomobil ichidagi 3 kishi voqea joyida halok bo'lgan.

Hodisa qanday yuz bergani noma`lum. Jabrlanuvchilar haqida ma`lumotlar yo'q. Tegishli organlar hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot bermadi.