Fotoreportaj: Turkiya bo'ylab 15 iyul voqealari bir yilligi nishonlandi

Jahon 16 Iyul 2017 10529

Turkiyada 2016 yil 15 iyuldan 16 iyulga o'tar kechasi yuz bergan davlat to'ntarishiga bir yil to'lgan kun birodarlik va birlik kuni sifatida keng miqyosda nishonlandi.

Anqara va Istanbul shaharlarida minglab kishilar ko'chalarga chiqib, tinch mitinglar o'tkazishdi va qurbonlarni xotirlashdi.

2017 yil 15 iyulidan 16 iyuliga o'tar kechasi soat 02:30 da prezident Rajab Toyib Erdo'g'an  Buyuk millat majlisi (parlament) binosi oldida chiqish qildi. Tadbir davomida qur`on tilovati qilinib, marhumlar uchun duo o'qildi.

Prezident o'z chiqishida Turkiya xalqi xoinlar 40 yil davomida tayyorgarlik ko'rgan davlat to'ntarishiga urinishni 20 soat ichida bartaraf etganini e`tirof etdi.

U bu voqealar faqat davlat emas, xalq ham kuchli bo'lishi kerakligini ko'rsatishini ta`kidlagan.

«Aks holda biz bir kun ham yashay olmagan bo'lardik, Turkiyaning halokatini kutadigan dushmanlar ko'p. Agar ularning nomlarini sanay boshlasam, bu navbatdagi keng ko'lamli xalqaro inqirozni boshlab berishi mumkin», -degan Turkiya prezidenti.

Keyinroq Erdo'g'an Istanbulga borib, davlat to'ntarishiga urinish vaqtida egallab olingan ko'prik yaqinida chiqish qildi va 15 iyul voqealari qurbonlari xotirasiga bag'ishlangan yodgorlikni ochib berdi.

«Kun» fotosuratchi Sherzod Ikramutdinov tomonidan olingan suratlar jamlanmasini taqdim etadi.

Bu to'rt barmoq Erdo'g'an tomonidan doimo takrorlanadigan «Bir millat, Bir bayroq, Bir Vatan, Bir davlat» (Tek Millat, Tek Bayrak, Tek Vatan, Tek Davlet) shiorini anglatadi. Turkiya xalqi bo'lib iyul voqealaridan so'ng bu shior ostida yanada qattiqroq jipslashdi. 

 

Ko'proq yangiliklar: