10:10 / 16.07.2017
19229

KXDR o‘ziga qarshi rezolyutsiya haqida: AQSh muvaffaqiyatlarimizdan hayratga tushib aqlsizlik qildi

Shimoliy Koreyada AQShning KXDR bilan munosabatlarda sanksiyalar qo‘llash haqidagi rezolyutsiyasiga munosabat bildirildi.

«KXDRning qit'alararo ballistik raketasi Hwasong-14 sinovidan hayratga tushgan qo‘shma shtatlar BMT Xavfsizlik kengashida navbatdagi «sanksiyalar haqidagi rezolyutsiya» ishlab chiqib, aqlsizlikka yo‘l qo‘ydi», — deya Shimoliy Koreya TIV bayonotidan iqtibos keltirilgan Rodong nashrida.

Unda, agar BMT Xavfsizlik kengashi «sanksiyalar bo‘yicha rezolyutsiya»ni qo‘llasa, bu KXDR tomonidan tegishli chora ko‘rilishi, mamlakat bu «rezolyutsiya»ga «adolatli javobi»ni qaytarishi ma'lum qilingan.

4 iyul kuni KXDR markaziy televideniyesi birinchi mintaqalararo «Xvason-14» ballistik raketasining sinovi muvaffaqiyatli o‘tganini ma'lum qildi. 5 iyul kuni esa BMT Xavfsizlik kengashi Koreya yarim orolidagi vaziyat yuzasida favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan edi. Unda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Pxenyanga qarshi kuch ishlatish borasida tahdid qilgan, shuningdek, mamlakatga qarshi sanksiyalar bo‘yicha rezolyutsiya tayyorlanishi haqida xabar bergandi.

Sanktsiya ro‘yxatiga 14 jismoniy shaxs va to‘rtta yuridik shaxs qo‘shilgan. Cheklovlar KXDR atom energiyasi bo‘yicha bosh byuroni boshqaruvchi Shimoliy Koreyaning Kumsan korporatsiyasiga, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiruvchi Koryo bankiga, shuningdek, KXDR xalq armiyasining strategik raketa qo‘shinlariga nisbatan joriy etilgan.

Qora ro‘yxatga kiritilgan shaxslarga nisbatan Pxenyanga qarshi joriy etilgan sanksiya tartibi, xususan, boshqa mamlakatlar hududiga kirish taqiqi va xorijdagi moliyaviy aktivlarning muzlatib qo‘yilishi kabilar tatbiq etiladi.

Mavzuga oid
Top