23:17 / 16.07.2017
20284

O‘zbek bolalar shoiri Olqor Damin vafot etdi

Iste'dodli o‘zbek bolalar shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, ajoyib inson Olqor Damin yetmish yoshida vafot etdi.

Shoir 1947 yilda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Ijodiy faoliyati davomida 40 ga yaqin kitoblar yozgan edi.

"Biz atoqli shoirimiz Olqor Daminning vafoti munosabati bilan yaqinlariga, oila a'zolariga chuqur ta'ziyamizni bildiramiz. Ilohim, ularni Alloh rahmat qilsin, joylari jannatdan bo‘lsin", deb yozadi shoir Amir Xudoyberdi o‘zining "Feysbuk"dagi sahifasida.

Ustoz adib Ishtixon tumani Chillikchi qishlog‘ida dafn etildi.

Marhumning oila a'zolari, yaqinlari va do‘stlariga tahririyatimiz nomidan hamdardligimizni bildiramiz.

Top