Yaponiyada hukm surayotgan jazira havo harorati tufayli 610dan ortiq kishi shifoxonalarga yotqizildi. NHK telekanalining xabar qilishicha, mamlakatning 47 prefekturasida 613 kishi issiq urishidan shifoxonalarga olib kelingan.

Jabrlanganlarning aksariyati Saitama (55 kishi), Fukuoka (47 kishi), Osaka (40 kishi) prefekturalariga to'g'ri keladi. Tokioda 29 kishi jabrlangan. 

17 iyulda ayrim mintaqalarda havo harorati 37 darajagacha ko'tarilgan. Xususan, Gumma prefekturasi shaharlarida harorat 37,1 darajagacha qizigan. Saitama va Oitada 36 daraja, poytaxt Tokioda 35 darajaga yetgan. 

Meteorologlarning ogohlantirishicha, jazira havo haroratii 18 iyulda ham saqlanib qoladi. Shu munosabat bilan mutaxassislar fuqarolarga havo sovutgichlardan foydalanish, ochiq havoda ko'p qolmaslik hamda ko'proq suv ichishni tavsiya qilishmoqda.