Boshqotirmalar yechishning foydasi aniqlandi 

Lifestyle 17 Iyul 2017 8546
Иллюстратив фото

Bir guruh britaniyalik olimlar krossvordlar (boshqotirma) ishlash va bosh miya salomatligi o'rtasida bog'liqlik borligini aniqlashdi. Mutaxassislar London bo'lib o'tgan AAIC 2017 xalqaro konferensiyada shu mavzuda ma`ruza qilishdi, deb yozmoqda EurekAlert nashri.

Olimlar 50 yoshdan katta bo'lgan 17 ming sog'lom kishi orasida so'rov o'tkazib, ulardan bir nechta vazifani ham ado etishni so'rashgan. Natijada ma`lum bo'lishicha, har kuni turli xil boshqotirmalarni bajarish inson miyasi sog'lig'ini yaxshilaydi va uning faoliyatini kuchaytiradi. 

«Biz krossvordlarni ko'p ishlaydiganlar bilan diqqatni talab etuvchi, mantiqiy  va xotiraga doir vazifalarni bajaruvchilar o'rtasida bog'liqlikni aniqladik», — degan tadqiqotning yetakchi muallifi Kit Vesnes. Uning so'zlariga ko'ra, tadqiqotda ishtirok etganlar orasida boshqotirmalarni ko'proq bajaruvchilar o'zlaridan 10 yosh kichik bo'lganlar singari topshiriqlarni uddalashgan. 

Ko'proq yangiliklar: