O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi qabulida madaniyat, milliy oshxona va turizmning eng yorqin qirralari namoyish etildi. “Seven Wonders of Uzbekistan” – “O'zbekistonning yetti mo'`jizasi” – tadbirning asosiy mavzusi aynan shunday nom oldi.

Buyuk Britaniya Qirollik Adabiyot Jamiyati o'z vaqtida Samarqand shahrini zamonaviy “dunyo mo'`jizalari” qatoriga “once in a lifetime experience”, ya`ni har kim hayotining eng unutilmas qismi sifatida tavsiya qilib kiritgan edi. Mavzu davomida Londondagi tadbir tashkilotchilari – O'zbekiston elchixonasi, Britaniya-O'zbekiston jamiyati va Dinara&Co. nashriyot uyi quyoshli diyorning yetti mo'`jizasiga o'zgacha nigohni taklif qildilar. 

Kechada ishtirok etish uchun qiziqish juda katta bo'ldi. 200 dan ortiq martabali mehmonlar orasida parlament a`zolari, britaniyalik diplomatlar, vazirlik, idora va turizm tashkilotlari vakillari, madaniyat va san`at namoyondalari hamda Buyuk Britaniyaning yetakchi OAV va nashriyotlari vakillari. Tadbirning ochilish marosimida Londondagi O'zbekiston elchixonasi maslahatchisi J.Safarov, Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchisi Kristofer Allan, Britaniya-O'zbekiston jamiyatining raisi Shirin Akiner, Tashqi ishlar vazirining sobiq o'rinbosari va taniqli yurist Xarli But ishtirok etdilar.

Bu kecha 2017 yilda O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasida diplomatiya munosabatlari o'rnatilganining 25 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar qatoridan o'rin oldi.

Mashhur o'zbek oshpazi Bahriddin Chustiy tomonidan gastronomik namoyish kechaning markaziy qismlaridan biriga aylandi. Chustiy bir qozonda 7 xil taomlarni tayyorlab, jarayonni milliy oshxona taqdimoti mahorat darslari bilan boyitdi. Mehmonlar palov, do'lma, manti, kabob, bedana-kabob, tuxum do'lma va bulg'ori do'lma kabi taomlaridan bahramand bo'ldilar. Shuningdek, O'zbekiston elchixonasi tomonidan bir necha xil somsa, kabob va vegetarian taomlar ulashildi. 

Gastronomik shou madaniyat, san`at va mamlakatimizning sayyohlik salohiyati haqida hikoya qiluvchi "O'zbekistonga xush kelibsiz" hashamatli kitoblar to'plamini o'z ichiga olgan "365 kun tarovati" kitobining taqdimot bo'ldi. 

Kecha davomida, shuningdek, mamlakatning sarmoyaviy, madaniy va sayyohlik salohiyati bilan xalqaro hamjamiyatni va mehmonlarni tanishtirish mo'ljallangan yangi Visit Uzbekistan jurnalining birinchi soni taqdimoti bo'lib o'tdi. 

Dastur oxirida tashrif buyurganlar orasida o'tkazilgan yutuqli lotereya g'oliblari aniq bo'ldi, yutuqqa O'zbekistonga tashrif uchun MAK "O'zbekiston havo yo'llari" tomonidan taqdim etilgan London-Toshkent-London 2 kishilik chipta sovg'a qilindi.