Chernogoriyadagi sohilbo'yida hordiq olayotgan kamida 100 nafar sayyoh yong'inlar tufayli xavfsiz joyga ko'chirildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, kuchli shamol sabab olov Lushtitsa yarim oroli bo'ylab tarqaldi va xonadonlar hamda dam olish hududlariga qadar yetgan. Hukumat ma`lumotiga ko'ra, kishilarni evakuatsiya qilish uchun flot ham jalb etildi.

Shuningdek, Adriatika dengizining Xorvatiya qirg'og'ida ham yong'inlar yuz bergani haqida xabar berilgan, u yerda hozircha turar-joy binolariga xatar yo'q.

Avvalroq Kanadada o'rmon yong'inlari sabab 37 mingga yaqin inson evakuatsiya qilingani xabar qilingandi.