18:55 / 17.07.2017
7427

Erik Tohir «Inter»ni tark etdi

Milanning «Inter» klubida prezident o‘zgardi. Erik Tohir vaqti yetishmayotgani tufayli jamoadan ketganini ma'lum qildi. U Indoneziyada 2018 yilgi Osiyo o‘yinlari turniri tashkilotchilaridan biri hisoblanadi va aynan shu tufayli u lavozimidan ketgan.

«Osiyo o‘yinlari meni boshqa barcha ishlardan voz kechishga majbur qildi. Men har oyda Milanga uchishimga to‘g‘ri keladi, bu yil hisobidan esa oxirgi marta aprel oyida borgandim. Shu tufayli men ketishga qaror qildim. Menga biznes-hamkor kerak bo‘lardi, «Inter»da esa Xitoy bilan aloqalar ko‘p. Suning tomonidan taklif berilganida, men bu moliyaviy jihatdan to‘g‘ri tanlov deb o‘yladim. Ular klub byudjyetini uch baravarga ko‘tarishdi.

Futbol yuqorilashlar va qulashlardan iborat. O‘tgan mavsumdagi natijalar juda yomon bo‘ldi, ammo bu futbol. Suning mendan futbolchilar haqidagi fikrlarimni so‘rashi mumkin, ammo menda avval bo‘lgani kabi murabbiylar bilan muloqot qilishga vaqt yo‘q», — deya Tohirning so‘zlarini keltirgan Il Tempo.

Tohir 2013 yili «Inter» aksiyalarining 70 foizini xarid qilgandi.

2017 yilning 6 iyunida «Inter» rahbariyati va Sunning Holdings Group klub xitoyliklar konserni qo‘liga o‘tganini e'lon qilgandi.

Top